Biz aniq imkoniyatni taqdim qilamiz

challange files image

Loyiha haqida

Markt 2.0 - bu texnika mahsulotlari, elektron qurilmalar sotadigan tijorat web sayti. Unda asosiy va ommalashgan xarid qilish funksiyalari mavjud. Dinamik asosiy sahifasi, mahsulotlar katalogi, bir necha darajalik turkumlar va unda qidiruv va filter tizimi. Savat -> To'lov -> Profil sahifalari ketma-ketligi va boshqalar.

To'lov qismi uchun o'zimiz test uchun sistema tayyorlaganmiz, real pul va karta ishlatilmaydi

challange files image

Loyihadan foydalar

Dasturchi yo'nalishiga ko'ra, kim qanday mavzularni o'zlashtirishi

Frontend

Backend

Mobile (yaqinda)

Dasturchi quyidagilarni loyiha asnosida o'zlashtiradi

1. UI framework (react, vue, angular)

State va props, lifecycle-events, hooks, component decomposition..

2. Store

Foydalanuvchi ma'lumotlarini saqlash, savatcha, localStorage, sessionStorage..

3. Ssr + routing

SEO,protected routes.

4. API requests

CRUD, auth (JWT token), interceptor, paginatsiya..

5. Umumiy:

Ma'lumotlar strukturasi, bir necha til (multi lang: i18n), filter, algoritm tuzish (mahsulot konfiguratsiyasi).

Loyiha boshlash

Reja

Figma dizan faylni ko'rib chiqing. Kerakli resurslar uchun linklar saytda to'plangan. Loyihani bajarishga vaqt ajratib to'liq bitirishni tavsiya etamiz. Chunki haqiqiy mashaqqat mayda qismlarini qilayotda chiqadi. Figma dizan faylni ko'rib o'zingizga qulay tarzda ish ketma-ketligni tuzsangiz bo'ladi, yoki bizning mualliflarimiz tavsiyalarini o'qisangiz bo'ladi.

challange files image
challange files image

Loyiha boshlashda o'zingiz yo'nalishingizga tegishli boilerplate code bilan boshlaganingiz yaxshi. Unda aksar loyihalarda ishlatish mumkin bo'lgan sozlamalar va papka tuzilishi tayyor qilingan.

Savollar bormi?

Agar sizda savollar bo'lsa,
ularni javoblashdan mamnun bo'lamiz 👋

Telegramda yozing