Proyekt bilan ishlashda qanday bilimlar (texnologiyalar) kerak bo‘ladi:
-
bu proyektni tez va oson boshlashingiz uchun siz js frameworklaridan (react, vue, angular) birini bilishingiz.
-
backend bilan muloqot qilish uchun fetch apini bilishingiz
https://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/API/Fetch_API/Using_Fetch
-
avtorizatsiya va JWT token haqida xabardor bo‘lishingiz.
-
o‘z framworkingizda global state management qanday qilinishi haqida boshlang‘ich ma’lumot.
https://redux-toolkit.js.org/ https://pinia.vuejs.org/ https://ngrx.io/
-
routing haqida tushuncha va o‘z frameworkingizda routing qura olish. https://reactrouter.com/en/main https://router.vuejs.org/ https://angular.io/guide/router
-
figma bilan ishlashni bilish.
-
postman bilan ishlay olish (requestlarni ko‘rib tekshirish uchun)
-
albatta dasturchi uchun eng muhimi: google yoki boshqa internet resurslar orqali mustaqil tarzda ma’lumotlarni qidirishga xohishingiz kerak bo‘ladi.
Proekt init
Birinchi navbatda o‘z frameworkingiz uchun proyektingizni init qilib olganingizdan so‘ng, kodingiz uchun githubda repository ochishingizni maslahat beraman.
https://www.nobledesktop.com/learn/git/what-is-git
Githubda repositroy sizga o‘z codingizdagi o‘zgarishlar tarixini ko‘rishga va sizda loyihangiz bilan bog‘liq muammolar bo‘lganida codingizni yuklab ko‘rib tez va samarali yordam berishimizga kerak bo‘ladi.
Githubda proyektingiz uchun yangi repository ochish uchun o‘z akkauntingiz bilan kirganingizda chap sidebarda yashil "New" deb yozilgan tugma bo‘ladi
Shu tugmani bosib o‘z repositoriyingizni yaratishni boshlaysiz. "Create repository" tugmasini bosishdan oldin repositoriyni public qilib belgilashni unutmang.
Aks holda proyektingiz boshqa odamlar uchun yopiq bo‘ladi va faqatgina siz ruxsat bergan odamlar proyektni ko‘ra oladi. Kelajakda xususiy proyektlaringiz yoki ish joyingiz uchun proyektlarda repositoryni private qilish yaxshi xavfsizlikni yo‘li hisoblanadi.
Githubda proyektni yaratganingizdan so‘ng o'z kompyuteridagi lokal kodni github bilan ulab, o'zgarishlarni o‘sha repositoryga yuklay oladigan qilib to‘g‘irlaymiz.
Buning uchun o‘z code redaktoringizga o‘tib terminalni ochamiz va shu komandalarni yozamiz.
git init
git add .
git commit -m "birinchi commit"
git remote add origin https://${sizning repositoriyingizga bo'lgan ssilkangiz}.git
git push -u origin main